Bugun Toshkent shahrida Qarshi davlat texnika universiteti va “Inno Texnopark” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Universitet rektori Sherzod Neʼmatov va texnopark bosh direktori Mansurbek Sultonov tomonidan imzolangan ushbu kelishuvda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasini yuksaltirish bosh maqsad qilib olingan.

Shuningdek, tomonlar zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya muammolarini yechish, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yuzasidan maʼruzalar oʻqish, birgalikda ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy seminarlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar, forumlar, kongresslar, yozgi maktablar tashkil etish va oʻtkazish kabi yoʻnalishlarda ham hamkorlik qiladilar.

Endilikda universitetning energetika va elektr muhandisligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, mexatronika va robototexnika, kimyoviy texnologiya, iqtisodiyot, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish, axborot texnologiyalari taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarining oʻquv amaliyotlari “Inno Texnopark”da oʻtkaziladi.

Добавить комментарий