
4-oktabr kuni Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyining bir guruh ōquvchilari yoshlar bilan ishlash bōyicha direktor ōrinbosari Sh.Mexmanova rahbarligida Qarshi shahrida joylashgan ,,Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyida qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan ilmiy-ma’naviy -ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.Tadbirdan kōzlangan maqsad, ōquvchilarda inson qadrini ulug’lash, vatanga muhabbat hissini rivojlantirish, vatanimiz uchun jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotiralarini yod etishdan iborat bōldi.



Добавить комментарий