Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” Respublika ekochempionati tashkil etildi.


Mazkur tadbirda litseyning ko‘plab o‘quvchilari, ustoz-murabbiylari hamda rahbariyati faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida litsey hududida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.


Akademik litsey jamoasi “Yashil makon” umumxalq loyihasida namunali ishtiroki bilan yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishda faol tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatdi.



Добавить комментарий