
2025-yil 29-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 05/15-5506-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyda 1-3 dekabr kunlari “Ekologik мas’uliyat haftaligi” doirasida akademik litseyning huquq fani o’qituvchilari Umbarova Nodira , Davronova Iroda tomonidan “Ekologik qonunchilik –mening huquq va burchlarim” mavzularida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bundan tashqari “Ekologik muammolar: Bugun va erta” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga global ekologik inqirozning asosiy omillari, atrof-muhitni muhofaza qilishning bugungi dolzarb vazifalari hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyat haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.


Tanlov davomida o‘quvchilar atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarga e’tibor qaratish va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ijodiy ishlanmalarini taqdim etishdi.


Добавить комментарий