
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi shahar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.


ellashuvda Qarshi shahridagi umumta’lim maktablari va akademik litsey jamoalari ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar.
Bellashuvdan sōng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi — senator Karomova Komila Ziyadullayevna bilan ,,Yoshlar va senator» uchrashuvi bōlib ōtdi.

Senator nutqida yoshlarda huquqiy ong va fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda g‘olib jamoalarni taqdirlab, ularga zexnlilik, tashabbuskorlik va bilimga intilishga bo‘lgan harakati uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Добавить комментарий