Akademik litseyda Yangi yil shukuhi

Yangi yil shukuhi,bayram tadbirlari va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

27-dekabr kuni Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyida yil yakuni, yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari hamda taqdirlash marosimi bōlib ōtdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonda ,tanlovlarda, ,sport musobaqalarida erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, asosiy fanlardan yutuqlarga erishgan, ichki test sinovlarida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar fanlarni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbirda ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash hamda ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirlar yakunida yangi yil uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *