Qarshi davlat texnika universiteti va Yangi Oʻzbekiston universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnoma kuni kecha Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasidagi muhim qadamlardan biridir.

Har ikki oliygoh rahbarlari ishtirokida imzolangan hamkorlik shartnomasida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqot ishlarida birgalikda faoliyat olib borish kabi muhim masalalar oʻz ifodasini topgan.

Qarshi davlat texnika universiteti vakillari, shuningdek Yangi Oʻzbekiston universiteti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Добавить комментарий